Kerakli asboblar
- Relsli trassa;
- Turli massali aravachalar;
- Ip va blok;
- Turli massali osma yuklar;
- Chizg'ich va sekundomer.
Nazariy asoslar
F = Ma ⟹ a = F/M
Nyutonning II qonuni: Tezlanish ta'sir etuvchi kuchga to'g'ri, massa ga teskari proporsional. Bu ishda kuch doimiy bo'lganda massa, va massa doimiy bo'lganda kuch o'zgartiriladi.
Ishni bajarish tartibi
1-qadam
Doimiy massali aravachaga turli yuklar osiladi. Har safar s va t o'lchanib, a = 2s/t² hisoblanadi.
2-qadam
a va F o'rtasidagi bog'liqlik grafigi chiziladi.
3-qadam
Doimiy kuch bilan turli massali aravachalar qo'llaniladi. a va 1/M bog'liqligi tekshiriladi.
4-qadam
Natijalar jadvalga kiritiladi va Nyuton II qonuni tasdiqlanadi.
O'lchov natijalari jadvali
| # | M, kg | F = mg, N | s, m | t, s | a = 2s/t², m/s² | F/a |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | ||||||
| 2 | ||||||
| 3 | ||||||
| 4 |